Manifist
Yangi avlod uchun yangi siyosiy maydon
Yosh siyosatchilar marafoni — yoshlarni siyosatni kuzatuvchi auditoriyadan fikr ishlab chiqadigan, pozitsiyasini asoslaydigan va amaliy tashabbus ilgari suradigan faol ishtirokchiga aylantirishga qaratilgan platforma.
Bizning maqsadimiz
Yoshlarni:
- siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirishga;
- jamiyat hayotidagi muhim masalalar bo‘yicha o‘z fikrini bildirishga;
- yangi tashabbus va loyihalar ishlab chiqishga;
- jamoatchilik bilan muloqot qilishga;
- yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga undash.
Biz nimaga ishonamiz?
01
Yoshlar ovozi muhim
Har bir yoshning fikri, tashabbusi va taklifi jamiyat rivojida muhim ahamiyatga ega.
02
Bilimdan amaliyotga
Siyosiy bilim faqat nazariya bo‘lib qolmasligi, real tashabbus va loyihalarda namoyon bo‘lishi kerak.
03
Ochiq muloqot
Turli qarash va fikrlar erkin muhokama qilinadigan ochiq siyosiy maydonni rivojlantirish muhim.
04
Yangi avlod yetakchilari
Mas’uliyatli, tashabbuskor, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yosh yetakchilarni qo‘llab-quvvatlash.


