G'oya Ber, Fikr Bildir
Kelajakni Birgalikda Yarat!
Yosh siyosatchilar Marafoni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti tomonidan Konrad Adenauer jamg'armasining Markaziy Osiyo bo'yicha vakolatxonasi ko'magida tashkil etiladi.





Yangi avlod uchun yangi siyosiy maydon
Yosh siyosatchilar marafoni — yoshlarni siyosatni kuzatuvchi auditoriyadan fikr ishlab chiqadigan, pozitsiyasini asoslaydigan va amaliy tashabbus ilgari suradigan faol ishtirokchiga aylantirishga qaratilgan platforma.
Yosh siyosatchilar marafoni — yoshlarni siyosiy hayotga jalb etish, ularning ovozini eshitish va real qarorlarga aylantirishga qaratilgan tashabbus.
Otabek SobitovYoshlar Parlamenti RaisiMarafon davomida ishtirokchilar g‘oyalarini taqdim etadi, ekspertlar bilan muhokama qiladi va o‘z hududlari uchun tashabbuslar ishlab chiqadi.
“Yosh Siyosatchi marafoni” manifesti yoshlarning umumiy intilishlari va tashvishlarini aks ettiradi hamda kelajakni birgalikda qurish uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Manifest adolat, tenglik hamda imkoniyat qadriyatlariga asoslanadi va butun mamlakat yoshlarining fikrini ifodalaydi.
Manifest 2026
“Yosh Siyosatchi marafoni” manifesti — yoshlarning dunyoni yanada yaxshi tomonga o‘zgartirishga bo‘lgan ishonchi va intilishini o‘zida mujassam etgan hujjat. U oldinga intilishga tayyor butun bir avlodning umumiy orzu-umidlari va ezgu maqsadlarini birlashtiradi.
Manifest bir necha oy davomida yuzlab takliflar asosida shakllantirildi va adolat, tenglik hamda imkoniyat qadriyatlariga asoslangan holda kelajakni birgalikda qurishga chaqiradi.
Unda ilgari surilgan masalalar — ta’lim, bandlik, transport va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar — butun mamlakat yoshlarining fikrini aks ettiradi.
Ushbu manifest ham chaqiruv, ham taklifdir. Hokimiyatdagi barchaga: bu bizning sizni eshitishga, harakat qilishga va yoshlar ovozini dunyoni shakllantiradigan qarorlar markaziga qo‘yishga chaqirig‘imizdir. G‘oyalari, kuchi va orzularini ulashgan barcha yoshlarga: bu — sizning fursatingiz.
Shaxnoza JoldasovaKorrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo'mitasi a'zosiBugungi g‘oya — ertangi qaror.
Fikringiz bormi? Uni bildiring.
Taklifingiz bormi? Uni himoya qiling.
Kelajak haqida qarashingiz bormi? Uni birgalikda yarataylik!

Media kutubxona
BatafsilKo'p beriladigan savollar
“Yosh siyosatchilar marafoni” — yoshlarni siyosiy jarayonlarni kuzatuvchi auditoriyadan fikr ishlab chiqadigan, o‘z pozitsiyasini asoslaydigan va amaliy tashabbus ilgari suradigan faol ishtirokchiga aylantirishga qaratilgan siyosiy muloqot va g‘oyalar platformasi.
Marafonda siyosat va davlat boshqaruviga qiziqadigan yoshlar, Yoshlar parlamenti a’zolari, faol yosh liderlar, talabalar, yosh tadqiqotchilar, siyosiy partiyalar yoshlar vakillari hamda fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etishi mumkin.
Marafon 4 ta asosiy yo‘nalishni qamrab oladi: Yangi avlod siyosati va liderlik, Raqamli siyosat va global muloqot, Inson kapitali va iqtisodiy imkoniyatlar, Yashil taraqqiyot va barqaror kelajak.
Ishtirokchilar panel sessiyalari, ekspertlar bilan ochiq muloqotlar, siyosiy mahorat laboratoriyalari, guruhli muhokamalar va amaliy topshiriqlarda qatnashadi. Har bir panel yakunida muammolarga yechim bo‘ladigan aniq takliflar ishlab chiqiladi.
Panel sessiyalari va laboratoriyalarda shakllangan eng muhim takliflar umumlashtirilib, “Yosh siyosatchilar manifesti — 2026”ga kiritiladi. Manifest yoshlarning kelajak siyosati va jamiyat taraqqiyoti bo‘yicha g‘oya, pozitsiya va amaliy tashabbuslarini jamlaydi.

