Yosh siyosatchilar marafoni
Yosh siyosatchilar marafoni
DasturManifistFAQ

Ko'p beriladigan savollar

“Yosh siyosatchilar marafoni” — yoshlarni siyosiy jarayonlarni kuzatuvchi auditoriyadan fikr ishlab chiqadigan, o‘z pozitsiyasini asoslaydigan va amaliy tashabbus ilgari suradigan faol ishtirokchiga aylantirishga qaratilgan siyosiy muloqot va g‘oyalar platformasi.

Marafonda siyosat va davlat boshqaruviga qiziqadigan yoshlar, Yoshlar parlamenti a’zolari, faol yosh liderlar, talabalar, yosh tadqiqotchilar, siyosiy partiyalar yoshlar vakillari hamda fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etishi mumkin.

Marafon 4 ta asosiy yo‘nalishni qamrab oladi: Yangi avlod siyosati va liderlik, Raqamli siyosat va global muloqot, Inson kapitali va iqtisodiy imkoniyatlar, Yashil taraqqiyot va barqaror kelajak.

Ishtirokchilar panel sessiyalari, ekspertlar bilan ochiq muloqotlar, siyosiy mahorat laboratoriyalari, guruhli muhokamalar va amaliy topshiriqlarda qatnashadi. Har bir panel yakunida muammolarga yechim bo‘ladigan aniq takliflar ishlab chiqiladi.

Panel sessiyalari va laboratoriyalarda shakllangan eng muhim takliflar umumlashtirilib, “Yosh siyosatchi ovozi — 2026” takliflar to‘plamiga kiritiladi. To‘plam yoshlarning kelajak siyosati va jamiyat taraqqiyoti bo‘yicha g‘oya, pozitsiya va amaliy tashabbuslarini jamlaydi.